
Ruslan Nurudinovni tabriylaymiz!
Bugun ko‘pchilik insonlar qatori sport olamida o‘z nomini zarhal harflar bilan qoldirishga ulgurgan Ruslan Nurudinov ham tavallud ayyomini nishonlamoqda. uslan Nurudinov 1991 yil 24 noyabr kuni Andijon viloyati Xonabod shahrida tavallud topgan.
2013 yili Polshaning Vrotslav shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida ilk bor kattalar o‘rtasida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Oradan 3 yil o‘tib, Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida navbatdagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida ham siltab ko‘tarish mashqi bo‘yicha rekord bilan shohsupaning eng pog‘onasiga ko‘tarildi. Bu yil esa Jakarta va Palembangda o‘tgan Osiyo o‘yinlarida ham tengsiz bo‘ldi.
Xullas, bu sportchimiz og‘ir atletikachi faoliyati davomida erishishi mumkin bo‘lgan jamiki sovrinlarni qo‘lga kiritgan. 27 yoshing muborak bo‘lsin, Ruslan! Polvonimizga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Fikrlar