Sabina Sharipova Xitoydagi turnirda g‘olib bo‘ldi
O‘zbekistonning birinchi raketkasi Sabina Sharipova Xitoyning Guiyang shahrida tashkillashtirilgan mukofot jamg‘armasi 25 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirning juftlik bahslarida g‘olib bo‘ldi.
Belaruslik Lidziya Marozava bilan duet hosil qilgan tennischimiz finalda xitoylik Xinyu Jiang/Kianxui Tang duetini 55 daqiqa ichida 6:2, 6:3 hisobida mag‘lub etdi va turnirning juftlik bahslarida g‘oliblikka erishdi.
Bu Sabinaning faoliyatida qo‘lga kiritgan umumiy 14-sovrini bo‘ldi. Juftlikda esa o‘zining uchinchi sovrinini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
23 yoshli tennischimiz so‘nggi bor juftlik bahslarida 2014 yil Buxoroda o‘tgan turnirda g‘olib bo‘lgan edi.

Izohlar (0)