Sabina Sharipovaning navbatdagi raqibi aniq bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozog‘istonning Ostona shahrida ayollar o‘rtasida tennis bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 80.000 AQSh dollari bo‘lgan musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova chorak finalga chiqdi.

Tennischimiz ushbu musobaqaning ikkinchi davrasida turkiyalik Berfu Chengizga qarshi kortga chiqib, 6:1, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi u yarim final yo‘llanmasi uchun Nataliya Kostichga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!