Sabina Turkiyada yarim finalga chiqdi
Turkiyada ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Sabina Sharipova jutflik bellashuvlarida yarim finalga chiqdi.
Mukofot jamg‘armasi 50 ming AQSh dollari bo‘lgan musobaqaning juftlik bellashuvlarida rossiyalik Ekaterina Yashina bilan hamkorlikda o‘ynayotgan Sabina Sharipova birinchi davrada sobiq hamyurtimiz, ayni paytda Isroil sharafini himoya qilayotgan Vlada Ekshibarova hamda rossiyalik Mariya Marfutinani 6:4, 6:3 hisobida dog‘da qoldirgan edi.
Ushbu juftlik chorak final uchrashuvida ikkinchi raqamla saralangan rossiyalik Veronika Kudermetova va bolgariyalik Aleksandrina Naydenova bilan kuch sinashdi. Keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan bellashuvni 7:6, 3:6, 10:6 hisobida o‘z foydasiga hal qilgan Sabina va Ekaterina yarim finalga chiqdi.
Endi ular final yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan bellashuvda ukrainalik Alyona Fomina va gruziyalik Ekaterina Gorgodzega qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar