Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Sabinadan super g‘alaba

Izohlar: 0

O‘zbekistonning ayollar o‘rtasidagi eng kuchli tennischisi Sabina Sharipova Frantsiyada boshlangan "Croissy-Beaubourg - 2017" xalqaro turnirida super g‘alabaga erishdi.

Yakkalik bahslarining birinchi davrasida Sabina Sharipova serbiyalik iste’dodli tennischi Ivana Yorovich bilan raqobatlashdi. Ikki soatu 36 daqiqa davom etgan uchrashuvning dastlabki seti 6:2 hisobida evropalik raketka ustasi foydasiga hal bo‘ldi.

Qolgan ikki partiya keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi. O‘z mahoratini namoyish qilgan Sabina Sharipova raqibasining jiddiy qarshiligini engishga muvaffaq bo‘ldi. Hal qiluvchi ikki setni 7:5, 7:6 hisobida o‘z foydasiga hal qilgan o‘zbekistonlik tennischi ikkinchi davraga yo‘l oldi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q