Said’alo kuchli raqib sinovidan o‘tadi
Qozog‘istondagi "Fyuchers" turnirining saralash bosqichida qatnashgan Saida’lo Saidkarimov asosiy to‘r bellashuvlariga qo‘shildi.
Birinchi davra rossiyalik Ilgar Akchurinni 7:6, 6:4 hisobidak mag‘lub etgan Saida’lo asosiy to‘r yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan keyingi bahsda Rossiyaning yana bir vakili Vladimir Polyakov bilan bellashdi.
Ushbu bahsda o‘zbek tennischisi 6:4, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Asosiy to‘rda Said’alo ancha kuchli raqibga ro‘baro‘ keladigan bo‘ldi. Hamyurtimiz birinchi davrada saralangan tennischi avstriyalik Maksimilian Nokrist imtihonida o‘tadi.

Saralash turnirida qatnashgan Sharobiddin Abzalov esa rossiyalik tennischi Maksim Ratnyukka yutqazib, musobaqani tark etdi.


Izohlar (0)