Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Samanta Stosur va Jan Shuay "Australian Open" g‘olibi

Zohir2018
Izohlar: 0

Australian Open: Juftlik bahslarida g‘olib aniqlandi

Avstraliyalik Samanta Stosur va xitoylik Jan Shuay Avstraliya ochiq chempionatining juftlik bahslarida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Samanta va Jan musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi bahsida vengriyalik Timea Babosh va frantsiyalik Kristina Mladenovichni 6:3, 6:4 hisobida taslim qildi.

Melburnda qozonilgan bu g‘alaba Stosur va Shuay uchun 750,000 AQSh dollari va 2000 reyting ochkosini olib keldi.

Eslatib o‘tamiz, S.Stosur "Katta dubulg‘a" musobaqalaridagi uchinchi sovrinini qo‘lga kiritdi, J.Shuay uchun bu sovrin faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q