Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

Samarqand iste’dodli polvonlarni jamladi

Izohlar: 1
Samarqand shahrida 1998-1999 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi.

O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda mamlakatimiz dzyudo federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu musobaqa O‘zbekiston terma jamoasi zaxirasini shakllantirish va iste’dodli sportchilarni saralab olish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Chempionatda mamlakatimizning barcha hududlaridan iste’dodli dzyudochilar g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda. Musobaqa ishtirokchilari jami 18 ta medallar jamlanmasi uchun tatamiga chiqmoqda.

O‘zbekiston chempionatida mahoratini namoyish etib, sovrinli o‘rinlarni egallagan dzyudochilar joriy mavsumda xalqaro miqyosda tashkil etiladigan musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qiladi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q