Sanjar Fayziev jangsiz taslim bo‘ldi
Zohir2018
Xalqaro tennis federatsiyasi - ITF tomonidan Namanganda o‘tayotgan "Fyuchers" turkumiga kiruvchi musobaqada chorak final uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Mazkur bosqichda hamyurtimiz Sanjar Fayziev turkiyalik Kem Ilkelga qarshi kortga chiqishi kerak edi. Afsuski, uchrashuv boshlanishiga bir oz vaqt qolganda Sanjar o‘yin o‘tkazishdan bosh tortdi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Shu tariqa Kem Ilkel musobaqaning yarim finaliga chiqdi.

Izohlar (0)