Sanjar Federerning hamyurtini mag‘lub etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

 

Bayharnda erkaklar o‘rtasida boshlangan "Fyuchers" turkumidagi xalqaro turnirning asosiy to‘r bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sanjar Fayziev dastlabki bosqichda shveytsariyalik Ariya Xarajchi bilan kuch sinashdi. Tennischimiz bir soatdan ko‘proq davom etgan uchrashuvda raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. O‘yin 6:1, 6:2 hisobida o‘zbekistonlik raketka ustasi foydasiga hal bo‘ldi.

Ikkinchi davrada Sanjar Fayziev mezbonlar vakili Yusuf Qoidga qarshi kortga chiqadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!