Sanjar hind tennischisi qarshiligini sindirdi
Qozog‘istonda tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi "Fyuchers" turnirida hamyurtimiz Sanjar Fayziev dastlabki g‘alabasini nishonaldi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi birinchi davra uchrashuvini hindistonlik Vijay Sundar Prashantga qarshi o‘tkazdi. qariyb ikki soat davom etgan bellashuvda raqib harchand urinmasin mag‘lubiyatdan qutila olmadi. Hujumkor o‘yin ko‘rsatgan Sanjar Fayziev 6:4, 7:5 hisobida zafar quchdi.

Sanjar Fayziev o‘tgan mavsumda Quvayt va Qozog‘istondagi "Fyuchers" turnirlarida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Yana bir necha musobaqaning final o‘yinlarida qatnashdi.

Fikrlar