Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Sanjar kuchli raqibni 2,5 soat “qiynadi”

Izohlar: 0

Rossiya Federatsiyasi poytaxti – Moskva shahrida “Kreml” kubogi turniri start oldi. Kecha mazkur turnirning saralash bosqichidan o‘rin olgan bir qator bahslar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi – Sanjar Fayziev ham mazkur turnirda ishtirok etdi. Unga saralashda qozog‘istonlik Mixail Kukushkin raqiblik qildi.

Sanjar ATR reytingida o‘zidan 207 o‘rin yuqorida turgan tennischiga qarshi 2 soat 21 daqiqa bahs olib bordi.

Juda ham qiziqarli tarzda kechgan bahsda afsuski hamyurtimiz 4:6, 6:1, 6:7 hisobida mag‘lub bo‘ldi va yakkalik bahslarida o‘z yurishlariga yakun yasadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q