Sebastyan Fettel: “Mersedes”da hammasi joyida

CHERY AUTO

“Ferrari” poygachisi Sebastyan Fettel Rossiya Gran-prisi arafasida  mashg‘ulot natijalarini sarhisob qildi.

Tecno

- “Mersedes”da muammo bo‘lmaydi, deb o‘ylayman, - deydi Sebastyan Fettel. -  Bu trassa ushbu bolid uchun ancha qulay. Shunday ekan, ular ertaga o‘zini ko‘rsatadi. O‘tgan yili ko‘pchilik poygaoldi mashg‘ulotlarida “Uilyams” eng tezkor natija qayd etishini kutgandi. Amalda “Mersedes” hammani ortda qoldirdi.

Mashina tezligi yoqilg‘i miqdori, dvigatel rejimi kabi bir necha omilga bog‘liq. Ayniqsa, bu trassa o‘z imkoniyatlaringizni  namoyish etish va ayrim usullaringizni yashirish imkonini beradi. Mashg‘ulotlarda biz o‘zimizni ko‘rsata olganimizdan xursandman.

“Formula-1” bo‘yicha to‘rt karra jahon chempioni Fettel bugun navbatdagi poygaoldi mashg‘ulotida ishtirok etadi. Poygalar 30 aprelda start oladi.

Ziyodbek ISMOILOV tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!