Serena Uilyamsga jarima solindi
Uilyams US Open finalida Naomi Osakaga qarshi o‘yinda minoradagi hakam bilan tortishgan va raketkasini otib yuborgan edi.
Tashkilotchilar esa uni 17 ming AQSh dollari miqdoridagi jarimaga tortishdi. Shularning 10 mingi haqorat uchun, 4 ming dollar murabbiyning tribunadan turib Serenaga ko‘rsatma bergani uchun va yaga 3 ming dollar esa raketkani urib sindirgani uchun belgilandi.
Bu pullar 36 yoshli raketka ustasining mukofot pulidan ushlab qolinadi. Ma’lumot uchun, Serena ushbu turnirda 1,85 mln dollar foyda oldi.



Fikrlar