Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Sergey Kovalev Alvaresdan revansh olmoqchi

Shahobiddin
Izohlar: 0

Birinchi jangda Alvares Kovalevdan chempionlikni tortib olgan edi

Yarim og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni Sergey Kovalev Eleyder Alvares bilan revansh jangini o‘tkazishni istamoqda. Bu haqda rossiyalik bokschining menejeri Egis Klimas xabar bergan.

– Ha, u revansh bo‘lishini istamoqda. Boshqa hech qanday jang kerak emas. Bundan muhimroq jang hozir yo‘q, – deya Klimasning so‘zlarini keltiradi Boxingnews24 nashri.

Eslatib o‘tamiz, Alvares va Kovalev o‘rtasidagi birinchi jang 4 avgust kuni bo‘lib o‘tgan va rossiyalik bokschi mag‘lub bo‘lgan.

Buning uchun Kovalevda 60 kuni ichida revansh borasida bir qarorga kelishi kerak.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q