Serxi Roberto baribir himoyachi emas!
Ernesto Valverde jamoaning universal vakili Serxi Robertoni o‘ng qanot himoyasida o‘ynatayotgan bo‘lsada, Roberto to‘pga tashlanishni bilsada, u baribir yaxshi himoyachi emas. Nega? Boisi u bolaligidan «La Masiya»da o‘yinni qanday tashkil qilish kerakligini o‘rganib katta bo‘lgan. Aynan yarim himoyada u jamoasiga katta hissa qo‘sha oladi. Ammo himoyalanishda u katta muammolar tug‘diradi.
«Barselona» ushbu mavsumda 18 o‘yinda 22 gol o‘tkazib yubordi. La Liga doirasidagi uchrashuvlarda 18 ta, Chempionlar Ligasida 3 ta va Ispanitsya Superkubogida 1 ta. Kataloniyaliklar o‘tgan mavsumdagidek himoyada ishonchli o‘yin namoyish qila olishmayapti.
Ushbu ojizlikning aybdori butun jamoa, struktura va umuman olganda tizim hisoblanadi aslida, bunday past ko‘rsatkichni bitta futbolchiga bog‘lab qo‘yish adolatdan emas. Oldindan aytish joizki, aynan Serxi Roberto tufayli klubning oldingi chiziqlardagi ishi yaxshi ketmoqda, ammo aynan u tufayli klub ko‘plab gollar o‘tkazib yubormoqda.
Ishonmaysizmi? Bu mavsumda Roberto o‘ng qanot himoyachisi sifatida o‘tkazgan to‘qqiz o‘yinning atigi uchtasini «quruq» o‘tkazishdi. Qolgan olti uchrashuvda esa «ko‘k-anorranglilar» o‘z darvozalaridan naq 12 gol o‘tkazib yuborgan. Bu o‘tkazib yuborilgan jami gollar sonining yarmidan ham ko‘p degani.
Robertoning xatolarini sarhisob qilarkan, bunga echimni ham qidirib ko‘ramiz.
«Barselona» – «Ueska» (8-2, g‘alaba)
0-1: ushbu o‘yindagi dastlabki golda Roberto Samuele Longoning yo‘liga to‘g‘anoqlik qila olmagan himoya chizig‘i vakillari Kucho Ernandesga boshi bilan gol urishiga qarshilik olmadi. Ernandes esa aynan Robertoning pozitsion xatosi tufayli xavfli vaziyatga chiqib bordi.
3-2: bu vaziyatda o‘ng qanotda harakatlanayotgan himoyachi Aleks Gallarning e’tiborsiz qolganini payqashi va uni yopishi kerak edi. Biroq u buni qila olmadi. 75 % uning xatosi. Umtiti Moi Gomesni qo‘riqlay olmadi, ammo Roberto kerakli vaqtda paydo bo‘lganida xavf bartaraf qilingan bo‘lardi.
«Barselona» – «Leganes» (2-1, mag‘lubiyat)
1-1: Roberto Jonatan Silvaning o‘ng qanotdan kirib kelishini to‘xtata olmadi. U urugvaylik futbolchi Nabil El Jarga pas uzitishini kuzatib qoldi, xolos. 75 % uning xatosi. Vermalen ham chap qanotda o‘z pozitsiyasini yo‘qotib qo‘ydi. Ammo Roberto raqibni vaqtida to‘xtatib qolganida gol yuzaga kelmasdi.
2-1: «Leganes» o‘ng qanotni yanchib tashladi, Roberto esa o‘z pozitsiyasidan millionlab mil uzoqlikda edi. Ammo jin ursin, raqibning baxtiga Pike Oskar Rodrigesga golli pas uzatib berdi. Bunday Robertoning xatosi yo‘q. Ammo uning o‘z pozitsiyasida emasligi Pikeni shoshirib qo‘ydi.
«Barselona» – «Real Madrid» (5-1, g‘alaba)
2-1: «Real» derbining ikkinchis taymini Marselo boshchiligida o‘ng qanotdan yorib kirishiga Roberto g‘ov bo‘la olmadi. Bu vaziyatda Serxi Garet Beylni qo‘riqlab yurdi, Marselo shunchaki ideal o‘yin o‘tkazdi va gol urdi.
«Barselona» – «Inter» (1-1, durang)
1-1: jarima maydonchasida to‘p aylanib Mauro Ikardining oyoqlarini topdi. Argentinalik ikki marta to‘p bilan chiroyli muomala qilib yo‘lidan Robertoni surib tashladi va gol urdi. 100 % Robertoning xatosi. Aynan u Ikardini yopa olmadi. Yakunda muhim g‘alaba qo‘ldan chiqarildi.
Hukm:
Kataloniyaliklar Serxi Roberto bilan o‘tkazib yuborgan 12 goldan uchtasida universal futbolchining xatosi yo‘q edi. Bularda Pike va Ter Shtegenlar vaziyatni yaratib berishdi, «Real» esa shunchaki mexnati evaziga gol urdi. Valverde o‘z xatosini tushunib etdi va Nelson Semeduni «jang»ga tashlab chiroyli g‘alabaga erishdi.
Qolgan to‘qqiz gol Robertoning xatosi ortidan sodir bo‘ldi va bu klubga qimmatga tushdi. Bularning barchasi bir narsani: Roberto himoyalana olmasligini anglatadi. Eng dahshati bu gollar o‘tkazib yuborilishiga olib kelmoqda. Ushbu haftaning La Liganing markaziy o‘yini «Barselona»- «Atletiko» o‘rtasida kechadi. Ernesto Valverde jamoasining himoya chizig‘ini mustahkamlash niyati bo‘lsa Robertoni zaxirada qoldirishi zarur. Kataloniyalik yarim himoyachi hujumda yordam bera oladi, buni inkor qilib bo‘lmaydi. Ammo himoyada yo‘l qo‘yayotgan xatolari ham ancha qimmatga tushayotganini e’tibordan qochirmaslik kerak. «Matroslar»ga qarshi Malkom o‘yinni ilk daqiqalardan boshlaydigan bo‘lsa ikkinchi bo‘limda uning o‘rniga tushirilgani ma’qul. Robertoning quvvati va pozitsion aqlliligi «Real»ga qarshi o‘yinda o‘ynagani kabi «Atletiko»ni yutishga jamoadoshlariga yordam berishi mumkin.
Fikrlar