Asosiy mazmunga oʻtish

Mini-futbol

“Sevinch” Turmaniston termasini mag‘lubiyatga uchratdi

Izohlar: 0

Qarshining "Sevinch" jamoasi Toshkentda mini futbol bo‘yicha XI O‘zbekiston kubogida ishtirok etmoqda.

Jamoa vakilalari bu musobaqada ishtirok etish bilan birga, o‘rtoqlik uchrashuvida ham maydonga tushdi. Toshkentda, Osiyo chempionati saralash bosqichiga hamda yopiq inshootlarda o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik yig‘inini olib borayotgan Turkmaniston terma jamoasi sparring raqib bo‘ldi.

Ayni paytda "Sevinch"ning ikkala darvozaboni ham terma jamoa safiga jalb etilgan. Bundan tashqari Maftuna Shoyimova, Nilufar Qudratova va Malika Burxanovalar kabi o‘yinchilar ham terma jamoa bilan KXRDga yo‘l olgan. Shunday bo‘lsada, uchrashuvda qarshiliklar 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q