Asosiy mazmunga oʻtish

Mini-futbol

“Sevinch” bugun “Sho‘rtan Lady”ni mag‘lub etdi

Isayev Bekzod
Izohlar: 0

Bugun “Sevinch” jamoa mini futbol bo‘yicha XIII O‘zbekiston chempionati 1-tur doirasidagi so‘nggi uchrashuvni G‘uzorning “Sho‘rtan Lady” jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, uchrashuv qiziqarli tarzda kechdi. Uchrashuvdagi “Sevinch”ning dastlabki golini Nilufar Qudratova 13-daqiqada kiritdi. Oradan besh daqiqa o‘tib Maftuna Panjieva penaltidan hisobni yana bittaga oshirdi – 0:2. Birinchi bo‘lim kurashlarga boy bo‘lgan bo‘lsada, maydonda harakat qilgan har ikkala jamoa futbolchilari darvozani boshqa nishonga olishga aniqlik etishmadi.

Ikkinchi bo‘lim ham birinchi bo‘lim kabi qiziqarli kechdi. Faqat bu bo‘limda Maftuna Shoimovaga gol urish nasib etdi – 1:3.

Shunday qilib, 1-turda “Sevinch” to‘rt uchrashuv o‘tkazdi, uchta uchrashuvda g‘alaba va bir uchrashuvda durang qayd etdi. To‘plagan ochkolari soni 10taga etdi. O‘yinchilarimiz raqiblar darvozasini 23 marta ishg‘ol qilishdi va o‘z darvozalaridan 5ta to‘p olib chiqishdi.

Chempionatning navbatdagi turi 13 fevraldan 16 fevralgacha bo‘lib o‘tadi. Jamoamiz 13 fevral kuni Nukusning “Qirq qiz” jamoasi bilan bahs olib boradi.

Quyida jamoa ishtirokidagi bugungi uchrashuv qaydnomasi bilan tanishing.

Mini futbol bo‘yicha  XIII O‘zbekiston chempionati. Dastlabki bosqich, 1-tur

«Sho‘rtan Lady» (G‘uzor) – “Sevinch” (Qarshi) 1:3 (0:2)

Toshkent sh., “Yoshlik” sport arenasi. 27.01.2017 yil

Hakamlar: Edita Mirobidova,  Lyudmila Geyger, Aleksandra Konchikova, Anna Sidorova.

Gollar: Baxtishoda To‘xtaeva, 30′-1:2 – Nilufar Qudratova, 13′-0:1, Maftuna Panjieva, Maftuna Shoimova, 33’-1:3.

«Sho‘rtan Lady»: 23.Sarvinoz Ergasheva, 6.Zebo Jo‘raeva (s), 19.Dildora Ergasheva, 18.Maftuna Jo‘raeva, 7.Uldona To‘xtaeva, 5.Baxtishoda To‘xtaeva, 3.Yulduz Shodieva, 11.Fazilat Baxramova, 2.Muxlis Mirzayorova, 17.Sarvinoz Nazarova, 1.Zarina Saidova.

“Sevinch”: 1.Laylo Tilavova, 12.Matluba Abdirasulova, 25.Maftuna Shoimova, 8.Kamola Riskieva (s), 17.Tanzilya Zarbieva, 10.Ilvina Ablyakimova, 27.Shodiya Tosheva, 77.Nilufar Qudratova,  37.Malika Burxonova, 20.Maftuna Panjieva, 7.Shoira Qulto‘raeva, 11.Shaxzoda Jamolova, 15.Shoxida Tojiddinova, 9.Sevara Normurodova.

Bugunga belgilangan “Alanga S” – “Paxtakor W” uchrashuvi 13 fevral kuniga ko‘chirildi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q