Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Shahram G‘iyosovdan navbatdagi nokaut

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Hamyurtimizdan navbatdagi g‘alaba.

Rio Olimpiadasi sovrindori, ayni damda professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Shahram G‘iyosov AQShning Nyu-York shahrida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi. Hamyurtimiz faoliyatidagi to‘rtinchi jangida ganalik Albert Mensaga qarshi ringga chiqdi.

Quvonarlisi bokschimiz uchinchi raunddayoq raqibini nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratdi va faoliyatidagi to‘rtinchi g‘alabani tantana qildi.

Ma’lumot uchun, Shahram bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda professional faoliyati davomida to‘rtta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Ganalik Mensaning o‘tkazgan janglari soni 39taga etdi. U janglarining 31tasida g‘alaba qozongan. Bitta bahsda durang qayd etgan. Oltita jangda esa mag‘lubiyatga uchragan. Bugun u faoliyatidagi ilk nokautini qabul qilib oldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q