Shohjahon AQShda Sardor Rahimxon qo‘shig‘i ostida ringga chiqadi

  • 10.11.2017 05:55
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

AQShning Nyu-York shahridagi Nassau Coliseum sport majmuasida  tashkil etiladigan professional boks kechasida hamyurtimiz Shohjahon Ergashev faoliyatidagi o‘n birinchi jangini amerikalik Markiz Xavtornga qarshi o‘tkazadi.

Shohjahon Ergashevning SPORTS.uz saytiga bergan ma’lumotiga qaraganda, bokschimiz ringga O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxonning rus tilidagi "Drug" qo‘shig‘i ostida chiqadi.

Ushbu reyting jangi olti raund qilib belgilangan.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!