Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Shonig‘mat kuchli raqibini mag‘lub etdi

Izohlar: 0

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, ayni kunlarda Belarus poytaxti Minsk shahrida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekistonlik Shonig‘mat Shofayziev biroz oldin o‘zining asosiy to‘r, birinchi davrasidagi ilk o‘yinini o‘tkazdi.

Ilk bosqichda hamyurtimizga fransiyalik Leni Mityana raqiblik qildi. ATP reytingida o‘zidan ikki marta yuqorida turgan raketka ustasiga qarshi bahsda hamyurtimiz 6:3, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi Shonig‘matga ikkinchi davrada mezbonlar vakili Dimitriy Jirmont raqiblik qiladi. Ushbu bahs etaga markaziy kortda bo‘lib o‘tadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q