
Shonig‘matjon Shofayziev ham chorak finalda o‘ynaydi
Pokistonning Islomobod shahrida erkaklar o‘rtasidagi “Fyuchers” turnirida juftlik bahslari keskin va murosasiz o‘tmoqda.
Unda umidli tennischimiz Shonig‘matjon Shofayziev serbiyalik Darko Yandrich bilan mezbon tennischilar Ahmed Choudari va Shahzad Xonni 6:4, 5:7, 11-9 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa chorak finalda Shonig‘matjon va Darko pokistonlik Muhammada Abid va kanadalik Muhammad Vagas Malik tandemiga qarshi kortga chiqadi
Fikrlar