Simona Xalep: Mendan kuchli tennischi yo‘q!
Ruminiyalik tennischi Simona Xalep Avstraliya ochiq chempionatining final uchrashuvidan nimalar kutayotgani haqida gapirib o‘tdi.
"Biroz toliqgan bo‘lsam-da, o‘zimni yaxshi his etmoqdaman. Men hech qanday bosimni sezmayapman. Men hattoki hech narsani o‘ylamay, uxlay oldim. Endi koptokni his qilish mashg‘ulotini boshlayman. Diqqatimni jamlashim kerak, bu o‘yin oldidan eng muhim ishdir.
Menda final haqidagi fikrlar avvalgidek: kerakli o‘yin, muhim sovrin. Lekin, men ushbu bahsni, oddiy o‘yin deb o‘ylashga harakat qilmoqdaman. Agarda g‘alaba qozonsam yaxshi bo‘ladi. Biroq mag‘lub bo‘lsam, yanada ko‘proq ishlayman.
“Rolan Garros”dagi finaldan ko‘ra hozirda tajovuzkorroq o‘yin namoyish etmoqdaman. O‘shanda barcha meni, ochiq o‘yin namoyish etmaydi va xavfli vaziyatlardan qo‘rqadi deb gapirgan edi. Lekin men Parijda bor imkoniyatimni ishga solgan edim. Biroq, hozir hammasi boshqacha. Men mag‘lub bo‘lishdan qo‘rqmayman. Lekin men faqat g‘alaba qozonishni o‘ylayman. Mendan kuchli tennischi yo‘q va men qaerda qanday natijani qo‘lga kiritishni o‘zim hal qilaman", - deydi Simona.

Fikrlar