Simona Xalep go‘zal Mariyani ortda qoldirdi
Zohir2018
Ruminiyalik Simona Xalep, Indian-Uells shahrida o‘tayotgan musobaqaning yarim finaliga chiqganidan so‘ng, WTA reytingining birinchi pog‘onasidagi birinchi joyini kamida Mayamidagi musobaqa yakuniga qadar saqlab qoldi.
Bunga sabab Simonani reytingda ta’kib etayotgan daniyalik Karolin Voznyatskining "BNP Paribas Open - 2018" turnirida to‘rtinchi davrada mag‘lubiyatga uchragani bo‘ldi.
Shu tariqa, Xalep dunyoning birinchi raqamli tennischisi sifatida o‘tkazilgan xaftalarda soni bo‘yicha belgiyalik Kim Kliystersni, rossiyalik Mariya Sharapova hamda amerikalik Treysi Ostinni ortda qoldirdi.

Izohlar (0)