Simona Xalep muxlislarning eng sevimlisiga aylandi
WTA matbuot xizmati tomonidan 2017 yilda “Muxlislarning eng sevimlisi” nominatsiyasi bo‘yicha ovoz berish jarayoni yakunlanganini e’lon qildi.
Ovoz berish natijasiga ko‘ra, ruminiyalik Simona Xalep barchani ortda qoldirib, ushbu nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Nomzodlar ichida rossiyalik Mariya Sharapova, Svetlana Kuznetsova va Elena Vesnina kabi tennischilar ham bor edi.
Eslatib o‘tamiz, “Muxlislarning eng sevimlisi” nominatsiyasini Simonaga qadar polshalik Agneshka Radvanska, rossiyalik Mariya Sharapova va Elena Dementeva kabi mashhur tennischilar qo‘lga kiritgan.


Izohlar (0)