
Simona Xalepga hech kim eta olmayapti
Tsintsinnati shahrida o‘tayotgan xalqaro turnirda ruminiyalik Simona Xalep uchinchi davraga muvaffaqiyatli o‘tdi.
Simona musobaqaning ikkinchi bosqichida avstraliyalik Ayla Tomlyanovichni 4:6, 6:3, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa Xalep "Western & Southern Open" turnirining 1/8 finalida avstraliyalik tennischi Eshli Bartiga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.
Fikrlar