Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

Taekvondochilarimiz Rim safarida

Nurali
Izohlar: 0

1-3 iyun kunlari taekvondoning WT yo‘nalishi bo‘yicha jahon seriyasiga kiruvchi Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Dunyoning eng kuchli taekvondo ustalari bahs olib boradigan ushbu turnirda terma jamoamiz a’zolari ham ishtirok etadilar. 

Vetnamda o‘tgan Osiyo chempionatidan 6 nafav vakilimiz: Jasur Boyqo‘ziev, Nikita va Maksim Rafalovichlar, Dmitriy Shokin, Umida Abdullaeva hamda Nigora Tursunqulova yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Hamyurtlarimiz Vetnamdan Italiya tomon yo‘l olishgan. Faqatgina qit’a chempionatida ishtirok etmagan Umida Abdullaeva Toshkentdan Rim tomon yo‘l oladi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q