"Tashkent Challenger-2017". Muhammad Safvat: O‘zbekistonga ikkinchi bor kelishim

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Respublika olimpiya zahiralari tennis maktabi kortlarida "Tashkent Challenger-2017" an’anaviy Xalqaro turniri davom etmoqda.

Bugun markaziy kortda misrlik Muhammad Safvat bilan italiyalik Tomas Fabbiano bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Raqibini 6/3, 3/6, 6/2 hisobida dog‘da qoldirgan Muhammad Safvat matbuot anjumanida turnir va diyorimiz haqida o‘z fikrlarini bayon etdi:

- O‘zbekistonga ikkinchi bor kelishim. Bundan oldin Farg‘onada bo‘lib o‘tgan Chellenjer turnirida ham ishtirok etganman. Toshkentda esa birinchi marta. Shahar haqidagi tasavvurlarim hali to‘la emas, boisi shaharni tomosha qilishga ulgurmadim. Ammo turnirning tashkiliy jihatdan a’lo darajada ekanligini aytishim kerak. Bu faqat mening emas, tennischi tengdoshlarimning ham fikridir, - deydi ishtirokchi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!