Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

“Tashkent Challenger”. Istomin finalga chiqa olmadi

Izohlar: 0

Ayni kunlarda poytaxtimizda mukofot jamg‘armasi 150 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi “Tashkent Challenger” turnir davom etmoqda.

Bugun mazkur musobaqaning yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin  bu bosqichda ispaniyalik Gillermo Garsiya-Lopesga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 40 daqiqa davom etgan qarama-qarshilikda hamyurtimiz 6:7, 4:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi va turnirdagi yurishiga yakun yasadi.

Yarim finalning ikkinchi bahsida esa polshalik Kamil Majchrzak chexiyalik Marek Yaloviechdan 6:4, 4:6, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi ertaga final bahsida muxlislar Garsiya-Lopes hamda Majchrzak qarama-qarshiligini tomosha qilishadilar.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q