Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

“Tashkent Challenger” turniri start olish arafasida

Izohlar: 0

9 oktyabrdan 14 oktyabrga qadar poytaxtimiz – Toshkentda ATP turkumidan o‘rin olgan, mukofoto jamg‘armasi 150 000 AQSh dollarini tashkil etadigan “Tashkent Challenger” turniri bo‘lib o‘tadi.

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida o‘tadigan bahslarda Er yuzining 100 ga yaqin mamlakati professional tennischilari ishtirok etish istagini bildirishdi.

Ular orasida Vladimir Ignatik(Belarus), Denis Istomin(O‘zbekiston) kabi kuchli tennischilar borligini ham aytish joiz.

Tashkilotchilar an’anaviy kichik musobaqalarni ham o‘tkazishni rejalashtirishgan. Unga ko‘ra, “Bolalar kuni”(13-14 oktyabr), diplomatik missiya vakillari uchun o‘tkaziladigan turnirlar shular jumlasidan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q