Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

"Tashkent Open": Saralash o‘yinlari yakuniga etdi

Izohlar: 0

Kunning birinchi o‘yinida xorvatiyalik Yana Fett turkiyalik Ipek Soyluga qarshi kortga chiqdi. Biroq mazkur qarama-qarshilik uzoq davom  etmadi. Uchinchi geymdan so‘ng, turkiyalik tennischi jarohati bois, o‘yinni davom ettira olmasligi ma’lum bo‘ldi.

Kunning ikkinchi bellashuvida esa rossiyalik ikki raketkasi ustasi o‘zaro bahs yuritdi. Unda Inna Xromacheva hamyurti Anna Kalinskayani 6:1, 6:1 hisobida mag‘lub etib,  asosiy to‘r bahslarida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Quyida shu va boshqa o‘yinlarning to‘liq natijasi bilan tanishasiz.

“Tashkent Open”. Saralash bosqichi

Yana Fett  (Xorvatiya) – Ipek Soylu (Turkiya) – 3:0 RT

Inna Xromacheva (Rossiya) –Anna Kalinskaya (Rossiya) – 6:1, 6:1

Vera Zvonareva (Rossiya) –  Yasmine Paolini (Italiya) - 6:0, 6:2

 Lizett Kabrera  (Avstraliya) – Ana Bogdan (Ruminiya) – 6:1, 2:6, 7:6.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q