“Tashkent Open” da dastlabki yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda poytaxtimiz Toshkentda WTA turkumidan o‘rin olgan “Tashkent Open” turniri bo‘lib o‘tmoqda. Kecha mukofot jamg‘armasi 250 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirning chorak final bahslariga start berildi.
Dastlab kortga ukrainalik Katerina Kozlova belaruslik Arina Sabalenkoga qarshi bahs yuritish uchun chiqib keldi. 2 soat 8 daqiqa davom etgan qarama-qarshilikda Sabalenko 7:6, 3:6, 6:1 hisobida g‘alabaga erishdi va dastlabki yarim finalchiga aylandi.
Ikkinchi bahsda esa shveysariyalik Shtefani Fyogelega turnirning ikkinchi raketkasi Timea babosh(Vengriya) bilan kuch sinashdi. 1 soat 3 daqiqa davom etgan bellashuvda tajriba o‘z so‘zini aytdi va vengriyalik tennischi yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Fikrlar