Tennis qiroli Mariya Sharapovani hafa qildi
Jahon reytingida peshqadamlik qilayotgan britaniyalik tennischi Endi Marrey doping mojarosi tufayli katta tennisdan chetlatilgan rossiyalik Mariya Sharapovani hafa qildi.
Mariya Sharapova shu yilning 26 kuni katta tennisga qaytish uchun ruxsat olgan. Qator turnirlar tashkilotchilari jahon reytingida o‘z mavqeini yo‘qotgan Mariya Sharapovaga musobaqalarning asosiy to‘rida qatnashish uchun maxsus ruxsatnoma - wild card taqdim etmoqda.
Xususan, Rim turniri tashkilotchilari ham 1 mart kuni Mariya Sharapovaga maxsus ruxsatnoma berdi. Endi Marrey bunga salbiy munosabat bildirdi.
- Turnir tashkilotchilari mashhur tennischilarni jalb etish orqali ko‘proq chipta sotib, daromad olishni birinchi o‘ringa qo‘yishadi, - dedi Endi Marrey. - Aslida tennischilar o‘z mehnati bilan nufuzli turnirlarga yo‘llanma olishi kerak. Mariya Sharapova reytingdagi mavqeini o‘z o‘yini bilan yaxshilash salohiyatiga ega. U wild card berilishiga muhtoj emas.

Mariya Sharapova bir yarim yillik tanaffusdan so‘ng ilk rasmiy uchrashuvini 26 mart kuni Shtutgart turnirida o‘tkazadi.

Izohlar (0)