Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

Tennis qirolini terma jamoaga olishmadi

Izohlar: 0

Jahonning eng kuchli tennischisi sifatida jahon reytingini boshqarib turgan Endi Marrey shu yilning 3-5 kunlari Devis kubogi doirasida Kanadaga qarshi safarda uchrashuv o‘tkazadigan Buyuk Britaniya terma jamoasi ro‘yxatiga kiritilmadi.

Terma jamoa rahbariyati mamlakat sharafini himoya qilishni Daniel Evans, Kayl Edmund, Jeymi Marrey va Dominik Inglotga topshirdi.

Buyuk Britaniya terma jamoasi sardori Leon Smitning aytishicha, Endi Marreyning Kanadaga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvda qatnashishi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Agar tennischi rozi bo‘lsa, unda tarkibda o‘zgarish ro‘y beradi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q