Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Tennischimiz og‘ir uchrashuvda zafar quchdi

Izohlar: 0

Rossiyada tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirning dastlabki bosqichidagi eng keskin va murosasiz bellashuv o‘zbekistonlik Sergey Fomin va rossiyalik Pavel Verbin o‘rtasida bo‘ldi.

Ushbu uchrashuvning dastlabki setida 6:4 hisobida zafar quchgan Sergey keyini partiyada xuddi shu natija bilan raqibiga yutqazdi - 4:6.

O‘yin g‘olibi uchinchi setda aniqlandi va unda o‘zbekistonlik iste’dodli tennischi 7:6 hisobida muvaffaqiyat qozondi.

Sergey Fomin chorak final yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan keyingi bellashuvda Rossiya tennischilari - Andrey Budanov va Filipp Klimov bahs g‘olibi bilan bellashadi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q