Timea Babosh Tayvandan quruq qaytmoqchi emas
Taybey shahrida xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Taiwan Open – 2018” turniri qizg‘in pallaga kirdi.
Ikkinchi davra bahslarida vengriyalik Timea Babosh sloveniyalik Dalilu Yakupovichga qarshi kortga chiqdi. Uch set davom etgan bahsda Timea 6:3, 4:6, 6:2 hisobida g‘alab qozondi.
Shuningdek, polshalik Magda Linett mazkur bosqichda shvetsiyalik Yoxanna Larssonni 6:1, 6:7, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi musobaqaning chorak finalida Magda Linett va Timea Babosh o‘zaro raqobatlashadi.

Izohlar (0)