Asosiy mazmunga oʻtish

Gimnastika

Toshkentlik go‘zallar o‘zaro bahslashdi

Izohlar: 0

Poytaxtimizdagi «Kamolot» sport-salomatlik majmuasida badiiy gimnastika bo‘yicha «Kamolot» kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada ellikdan ziyod gimnastikachi o‘zaro kuch sinashdi.

Ikki kun davom etgan musobaqada E’zoza Nurmuhammedova, Shahzoda Hikmatova, Visola Mirahmedova, Laziza Mirzaahmedova, Xonzoda O‘rozboeva, Madina Abdulhamidova, Malika Ergasheva, Veronika Tsoy, Dilnura Anvarova, Go‘zal Abdurazzoqova, Nafosat Mannonova, Mo‘’tabar Boboxo‘jaeva o‘z yosh toifalarida shohsupaga ko‘tarildi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q