Asosiy mazmunga oʻtish
Osiyo O'yinlar

Trampolin: Vakillarimiz eng so‘nggi o‘rinlarda

Bahodir Hasanov
Izohlar: 0

Bu yo‘nalishda xitoyliklarga teng kelish qiyin...

Osiyo o‘yinlarining bugungi kun dasturidan o‘rin olgan trampolinda sakrash bo‘yicha ayollar bahsidan so‘ng erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlar ham o‘z nihoyasiga etdi.

Ushbu yo‘nalishda hamyurtlarimiz Samirbek Usmonov va Amiran Babayanlar ham ishtirok etdi. Xususan, ushbu bellashuvlarda Samirbek Usmonov 53,330 ball bilan ettinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, Amiran Babayan 45,230 ball bilan eng so‘nggi o‘rinni egalladi.

Qayd etish lozim, ushbu yo‘nalishda xitoyliklardan Dong Dong oltin,  Lei Gao kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Qozog‘iston vakili Pirmammad Aliev kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q