
Tszyan Van murabbiyini ishdan bo‘shatdi
Xitoylik tennischi Tszyan Van o‘zining murabbiyi Piter Maknamar bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Bunga sabab, 63 yoshli murabbiyning musobaqalarga safar qila olmayotgani bo‘ldi.
Tennischining so‘zlariga ko‘ra, Piter so‘nggi vaqtlarda sog‘lig‘idagi muammolar tufayli bir qator musobaqalarga kela olmagan.
Shuningdek, Tszyan Van bo‘yin va oyog‘ining son qismidagi jarohatlar bois, fevral oyida o‘tadigan barcha musobaqalarda ishtirok eta olmaydi. U mart oyida kortga qaytishi mumkin.
Fikrlar