"Tur de Frans-2018": Sportchilar bugun alohida bo‘lib startga chiqishadi
Bugun bo‘lib o‘tadigan bosqichda ishtirokchilar alohida startga chiqishadi va ularning vaqti xuddi sprint poygalari kabi hisoblanadi.
Frantsiya yo‘llarida "Tur de Frans" ko‘pkunlik velopoygasi davom etmoqda. Bugun bo‘lib o‘tadigan bosqichda ishtirokchilar alohida startga chiqishadi va ularning vaqti xuddi sprint poygalari kabi hisoblanadi.
Sen-pe-syur-nivel hamda Espelet shaharlari oralig‘ida o‘tuvuchi 20-bosqich 31 kilometrni tashkil qiladi. Bu esp sprinterlar uchun ayni muddao. Shu paytgacha bo‘lgan vaqtda "Sky" jamoasining britaniyalik poygachisi Greyent Tomas etakchilik qilmoqda. Batafsil:
19-bosqichdan keyingi umumiy holat:
1. Gereynt Tomas (Buyuk Britaniya, Sky) – 79.49,31
2. Tom Dyumolen (Gollandiya, Sunweb) – 2,05
3. Primoj Roglich (Sloveniya, LottoNL-Jumbo) – 2,24
4. Kristofer Frum (Buyuk Britaniya, Sky) – 2,37
5. Stiven Kreysvik (Gollandiya, LottoNL-Jumbo) – 4,37
6. Mikel Landa (Ispaniya, Movistar) – 4,40
7. Romen Barde (Frantsiya, AG2R La Mondiale) – 5,15
8. Deniel Martin (Irlandiya, UAE-Team Emirates) – 6,39
9. Nayro Kintana (Kolumbiya, Movistar) – 10,26
10. Ilnur Zakarin (Rossiya, Katusha–Alpecin) – 11,49

Izohlar (0)