Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

US Open. Bugun Nadal va Federerlar yarim final uchun kortga chiqadi

Izohlar: 0

AQShning Nyu-York shahrida davom etayotgan “katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “US Open” turnirining chorak final bahslari boshlandi.

Pablo Karreno-Busta(Ispaniya) argentinalik Diego Sebastyan Shvartsmanga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 59 daqiqa davom etgan bahsda  ATP reytingida 12-o‘rinda borayotgan ispaniyalik tennischi 6:4, 6:4, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

AQShlik Sem Kuerri esa janubiy afrikalik Kevin Andersondan 6:7, 7:6, 3:6, 6:7 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Bugun yana ikki bahs bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unga ko‘ra, jahonning birinchi raketkasi Rafael Nadal rossiyalik Andrey Rublevga qarshi kortga chiqadi.

Shveytsariyalik Rojer Federer esa argentinalik Xuan Marin del Potro bilan kuch sinashadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q