US Open: Nadal qiynalmadi, Federer esa turnirni tark etdi
Ayni kunlarda “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “US Open” turnirining chorak final bosqich o‘yinlari yakuniga etdi.
Jahonning birinchi raketkasi Rafael Nadal yarim final uchun bahsda rossiyalik Andrey Rublyovga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 36 daqiqa davom etgan bahs 6:1, 6:2, 6:2 hisobida Nadal foydasiga xal bo‘ldi.
Jahonning uchinchi raketkasi Rodjer Federer esa argentinalik Xuan Marin del Potroga 5:7, 6:3, 6:7 va 4:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Endi mukofot jamg‘armasi 50 400 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnir yarim finalida Nadal aynan del Potroga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar