Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Uaylder: Men revansh istayman

Shahzod
Izohlar: 0

Amerikalik bokschi Deontey Uaylder britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi jangda o‘zini g‘alaba qozongan deb hisoblamoqda.

"Shubhasiz men ikkita nokdaun bilan g‘alaba qozondim. O‘ylashimcha, u jangni nazorat qilmadi. Tayson menga hech qanday zarar etkaza olmadi.

U ko‘pincha o‘ng qo‘lini oldinga tashladi va zo‘r berib harakat qildi. Takroriy jang bo‘ladimi yoki yo‘q, buni bilmayman. Ammo men buni istagan bo‘lar edim", - dedi Uaylder BBCga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Uaylder - Fyuri jangi durang natija bilan nihoyasiga etgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q