Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Uimbldon. Bugun super to‘qnashuvlar bo‘ladi

Izohlar: 0

Bugun “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirida to‘rtinchi davra o‘yinlari boshlanadi.

Sovrin jamg‘armasi 31 600 000 funtni tashkil etuvchi turnirning erkaklar o‘rtasidagi musobaqasida bir qator qiziqarli qarama-qarshiliklar bo‘lib o‘tadi.

Jumladan, 8 karra Uimbldon turniri g‘olibi bo‘lgan shveytsariyalik Rodjer Federer ATP reytingida 11-o‘rinda borayotgan Grigor Dimitrovga qarshi kortga chiqadi.

Quyida to‘rtinchi davrada o‘zaro to‘qnash keladigan tennischilar bilan tanishtiramiz.

Endi Marrey (Buyuk Britaniya) – Benua Per (Frantsiya)

Adrian Mannarino (Frantsiya) – Novak Djokovich (Serbiya)

 Grigor Dimitrov (Bolgariya) – Rodjer Federer (Shveytsariya)

 Rafael Nadal (Ispaniya) – Jil Myuller (Lyuksemburg)

Milosh Raonich (Kanada) – Aleksandr Zverev (Germaniya)

Roberto Bautista-Agut (Ispaniya) – Marin Chilich (Xorvatiya)

Dominik Tim (Avstriya) – Tomash Berdyx (Chexiya)

Sem Kuerri (AQSh) – Kevin Anderson (JAR)

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda esa Radvanska – Kuznetsova qarama-qarshiligi muxlis-u mutaxassislar tomonidan e’tirof etilmoqda.

Agneshka Radvanska (Polsha) – Svetlana Kuznetsova (Rossiya)

Anjelik Kerber (Germaniya) – Garbine Mugurusa (Ispaniya)

Viktoriya Azarenko (Belorus) – Simona Xalep (Rumyniya)

Alena Ostapenko (Latviya) – Elina Svitolina (Ukraina)

Koko Vandevey (AQSh) – Karolin Voznyatski (Daniya)

Yoxanna Konta (Buyuk Britaniya) – Karolin Garsiya (Frantsiya)

Ana Konyux (Xorvatiya) – Vinus Uilyams (AQSh)

Magdalena Rybarikova (Slovakiya) – Petra Martich (Xorvatiya)

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q