Umidjon Jalolov Olimpiada chempioni

TIGGO 2 PRO

Argentinada III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari o‘zbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.

O‘zbekisiton milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, biroz avval erkin kurash bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Umidjon Jalolov shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin oldi.

-48 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Umidjon musobaqa davomida JAR va Turkiya vakillaridan ustun keldi. Hal qiluvchi jangda esa gruziyalik Giorgi Gegelashviliga qarshi gilamga chiqdi va 8:2 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medalga ega chiqdi.

Bu O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun Argentina Olimpiadasidagi 11-medal bo‘ldi. Ayni paytda hamyurtlarimiz tomonidan 4 ta oltin,  4  ta kumush va 3 ta bronza medallari qo‘lga kiritilgan. 1 ta oltin va 1 ta bronza medallariga mikst bahslarida ega chiqilgan. Bu orqali O‘zbekiston o‘smirlar Olimpiadasida medallar sifati bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!