“Uzbek Tigers” a’zosi va Rio-2016 g‘olibi O‘zbekiston chempionatini g‘alaba bilan boshladi
Termiz shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining uchinchi kungi bellashuvlari davom ettirilmoqda. Bugun musobaqa doirasida 56, 60, 64, 81 va 91 kg.gacha bo‘lgan bokschilar o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rmoqda.
Rio Olimpiadasidan so‘ng deyarli ringga chiqmay kelayotgan Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Shahobiddin Zoirov (56 kg) ilk jangni samarqandlik Samir Samievga qarshi o‘tkazib, g‘alaba bilan yakunladi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Shuningdek, “Uzbek Tigers” jamoasi a’zosi, ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olib va sovrindori Abdulhay Shorahmatov (56 kg) farg‘onalik Azizbek Otajonov bilan kuch sinashib, raqibini mag‘lub etishning uddasidan chiqdi.
Musobaqalar 30 noyabrgacha davom etadi.
Musobaqa natijalari bilan tanishing:
>>> Birinchi kun (24 noyabr)
>>> Ikkinchi kun (25 noyabr)

Fikrlar