Vera Zvonaryova dugonasini ayab o‘tirmadi
Amerika ochiq chempionatining birinchi davrasida ikki rossiyalik tennischilar Vera Zvonaryova hamda Anna Blinkova o‘zaro raqobatlashdi.
Vera va Anna uchrashuvi uch set davom etdi. Unda Veraning ulkan tajribasi foyda berdi va raqibini 6:2, 6:7, 7:5 hisobida taslim qildi.
Endi turnirning ikkinchi davrasida Zvonaryova belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar