WBC chempioni Joshuaning kamarlarini tortib olmoqchi
Super og‘ir vazn toifasining WBC chempionlik kamari sohibi Deontey Uaylder instagram sahifasida Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirnga murojaat qilib, kamarlarni birlashtiruvchi jang o‘tkazishga chaqirgan. Joshua ayni damda WBA/IBF/IBO chempionlik kamarlariga egalik qilmoqda.
– Eddi Klichkoning bunday ketishini kutmagan edingiz, ammo sochlarni yulib, boshni devorga urish shart emas. Biz 11 noyabr kuni jang tashkil qilsak bo‘ladi. Oldiniga Bellyu bilan urushtirishga harakat qildingiz, keyin esa Dillian Uaytan qo‘shimcha variant sifatida taklif qilindi, – deb yozadi Uaylder.
– Endi jang o‘tkazish uchun imkoniyat bor. Bu ushbu vazn toifasidagi eng yirik janglardan biri bo‘ladi. Rasmiy da’vogarlar haqida gapirish kerak emas. Tashkilotchilar kamarlarni birlashtiriuvchi jang uchun qolganlarini bekor qilishadi. Menga qo‘ng‘iroq qilingizlar. Biz kutamiz.

Fikrlar