Yasmina Karimjonova Farg‘onada bir ozi qoldi

Farg‘ona shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada Yasmina Karimojonova juftlik bahslarida finalga chiqdi.

Yasmina musobaqaning yarim finalida latviyalik sherigi Darya Semenistaya bilan rossiyali tennischilar – Alina Charaeva hamda Mariya Tkachevaga qarshi o‘yin o‘tkazishi kerak edi. Biroq mazkur uchrashuv oldidan Alina va Mariya kortga chiqmasligini e’lon qildi.

Shu tariqa Yasmina va Darya musobaqaning finalida  qozog‘istonlik Ekaterina Dmitrichenko va rossiyalik Alina Lebedevaga qarshi raqobatlashishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!