Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Yosh tennischi bosh sovringa ega bo‘ldi

Izohlar: 0

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida tennis bo‘yicha Allyor tennis uyushmasi musobaqalari taqvimiga kiritilgan "ALYA WTA Malaysian Open - 2017" xalqaro turniri yakunlandi.

Finalda avstraliyalik Eshli Barti yaponiyalik Nao Xibino bilan raqobatlashdi.

Bir soatu 13 daqiqa davom etgan bellashuvda avstraliyalik tennischi 6:3, 6:2 hisobida zafar quchdi. Tennischilarning o‘zaro uchrashuvidagi umumiy hisob 2:0 ga etdi.

20 yoshli Eshli Barti bosh sovrin bilan birga 43 ming AQSh dollari miqdorida mukofot puliga ham ega bo‘ldi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q